BannerMobile banner
Maqolalar

Chevrolet Captiva: eski modellarda uchraydigan muammolar

26.02.2025 / 14:37

Captivada generator klemmasi va boshqaruv bloki kontaktlari tez oksidlanadi

Blog image

2006–2018-yillarda ishlab chiqarilgan Chevrolet Captiva krossoverlarida bir qator muammolar kuzatilishi mumkin.


Ekspertlarga ko‘ra, stabilizator tayog‘i va orqa amortizatorning pastki vtulkalari tez eskiradigan detallar sanaladi, lekin boshqa osma qismlari uzoq xizmat qiladi. Shu bilan birga, boshqaruv tizimi zaif: 100–120 ming km yurilgach, shovqin va suyuqlik sizib chiqishi, tirkamalar, uchliklar va val krestovinasining ishdan chiqishi kuzatiladi.


Chevrolet Captiva kuzovi yetarli darajada mustahkam emasligi mumkin. Shu sababli, korpusda egilish paydo bo‘lsa, orqa eshikni yopish qiyinlashishi mumkin.


Elektr tizimida ham muammolar mavjud:

- pechka dvigatellari va iqlim nazorati klapanlari tez ishdan chiqadi;

- dvorniklar tugmasi va signalizatsiya tizimi ba’zida sababiz ishlashi mumkin;

- generator klemmasi va boshqaruv bloki kontaktlari tez oksidlanadi.


Ushbu jihatlarni hisobga olgan holda, Chevrolet Captivaning ikkilamchi bozordagi holatini sinchiklab tekshirish tavsiya etiladi.


Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner