BannerMobile banner
Yangiliklar

Bir yillik maosh qoidasi: qaysi avtomobil sizga mos keladi

30.09.2025 / 06:21

Ushbu formula o‘zbekistonliklar qanday mashina sotib olishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Blog image

Avtomobil tanlashda ko‘pchilik narx va sifatni solishtiradi. Ammo mutaxassislar aytishicha, bor-yo‘g‘i bitta oddiy qoida bor: mashina narxi sizning yillik daromadingizga teng bo‘lishi kerak. Ya’ni 12 oylik maoshingiz siz orzu qilgan avtomobilning qiymatini yopsa, demak bu xarid siz uchun mantiqan to‘g‘ri qaror hisoblanadi.


Chevrolet Cobalt bugungi kunda 146 million so‘m atrofida turadi. Agar siz oyiga 12 million so‘m ishlab topsangiz, yiliga taxminan shuncha summa yig‘iladi. Demak, Cobalt sizning variantingiz.


Chevrolet Onix narxi 161 million so‘m. Bu yerda oylik 12 million yetmaydi. Qoidaga ko‘ra, oyiga kamida 14 million ishlab topish kerak bo‘ladi.


Chevrolet Tahoe High Country esa premium segmentdagi avtomobil bo‘lib, uning narxi 1 milliard 464 million so‘mni tashkil etadi. Bunday mashinani olish uchun oylik daromadingiz kamida 122 million bo‘lishi kerak. Oddiy qilib aytganda, bir oyda topgan pulingiz bir dona Cobalt narxiga teng bo‘lishi zarur.


Xulosa


Oddiy qoida hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘yadi: 12 oylik daromadingizni hisoblab chiqing va qaysi mashina sizning cho‘ntagingizga mos kelishini aniqlang. Bu usul xaridni rejalashtirishda eng to‘g‘ri va xavfsiz yo‘llardan biridir.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner