UzAuto Damasning o‘rnini bosuvchi yangi avtomobilni tanlashni boshladi
14.05.2025 / 12:37Eng asosiy nomzod — Chevrolet belgisi ostida ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan Xitoy modeli.

UzAuto vakillarining Daryoga bergan rasmiy izohiga ko‘ra, yangi model xalq talabi asosida tanladi. Bu degani — yangi avtomobil qulay, ishonchli va O‘zbekiston sharoitiga mos bo‘lishi kerak. Ammo bozor tahlili nimani ko‘rsatmoqda?
Aytish mumkinki, real alternativalar deyarli yo‘q. Hozircha faqat Xitoyning Wuling kabi modellari e’tiborga tushmoqda. Yaponlar bilan hamkorlik esa ehtimoldan yiroq — tajriba yo‘q, narx esa ko‘tarilib ketishi mumkin.
Shunday ekan, hozircha eng asosiy nomzod — Chevrolet belgisi ostida ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan Xitoy modeli.