Chet elda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar uchun jarima tartibi
05.02.2025 / 05:23Transport vositasi mamlakatdan chiqish paytida to‘xtatilib chora ko'riladi.

O‘zbekiston hududida harakatlanayotgan chet elda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar mahalliy yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi shart. Agar bunday transport vositalari qoidabuzarlik sodir etsa, ularga jarima qo‘llaniladi.
Jarima qanday undiriladi?
- qoidabuzarlik kuzatuv kameralari yoki YPX xodimlari tomonidan qayd etilsa, jarima rasmiylashtiriladi;
- haydovchiga jarima to‘g‘risida xabar beriladi va uni belgilangan muddat ichida to‘lash talab etiladi;
- jarima to‘lanmaganda, transport vositasi mamlakatdan chiqish paytida to‘xtatilishi yoki boshqa qonuniy choralar ko‘rilishi mumkin.
O‘zbekiston yo‘llarida chet el avtomobillarining harakati nazorat qilinadi, shu sababli har bir haydovchi qoidalarga rioya qilishga mas’uldir.