BannerMobile banner
Maqolalar

O‘zbekistonda elektromobil bilan hayot: afzalliklar, muammolar va kelajak

06.02.2025 / 10:54

Bugungi kunda elektromobillar soni juda o'ta ko'paygan.

Blog image

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda elektromobillar tobora ommalashib bormoqda. Yo‘l infratuzilmasining rivojlanishi, benzin narxining oshib borishi va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari ularni anʼanaviy avtomobillarga nisbatan jozibadorroq qilib qo‘ymoqda.


Biroq, elektromobil haydashning o‘ziga xos jihatlari va muammolari ham bor. Ushbu maqolada elektromobilga egalik qilishning afzalliklari, kamchiliklari va kelajak istiqbollari haqida batafsil maʼlumot beramiz. Maqolani boshida elektromobillarning afzalliklarini ko'rib chiqish kerak.



Yonilg‘i xarajatlarining pastligi


2025-yil 1-apreldan boshlab uy xo‘jaliklari uchun elektr energiyasining 1 kVt·soat narxi 600 so‘m etib belgilandi. 50 kVt·soat sig‘imli akkumulyatorga ega elektromobilni to‘liq quvvatlantirish 30 000 so‘m turadi va u o‘rtacha 300 km yo‘l bosishi mumkin. Yaʼni 1 km yo‘l uchun taxminan 100 so‘m sarflanadi.



Solishtirish uchun: benzinda yuruvchi avtomobil (100 km uchun sakkiz litr yoqilg‘i sarfi, 1 litr benzin – 10 ming so‘m) 1 km uchun taxminan 800 so‘m sarflaydi. Bu esa elektromobilning yoqilg‘i xarajatlarini sakkiz barobarga kamaytirishini ko‘rsatadi.


Ekspluatatsiya xarajatlari past


Elektromobillarda dvigatel moyi, shamlar yoki yonilg‘i tizimi kabi qismlar mavjud emas, bu esa texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini keskin kamaytiradi.


Ekologik toza



Elektromobillar chiqindi gazlar chiqarmasligi sababli atrof-muhitni ifloslanishdan himoya qiladi.


Davlat imtiyozlari


Elektromobillar bojxona to‘lovlari va aksiz soliqlaridan ozod qilingan, bu esa ularning narxini pasaytirishga yordam beradi.


Elektromobillarning kamchiliklari


Zaryad stansiyalarining yetishmovchiligi, va bundan tashqari ko'plab haydo'vchilar mashinaning zaryadi bir hil paytlarda o'zidan o'zi pasayib ketishini aytib o'tishdi. Bu muammo albatta yirik muammolarga kiradi, va bu vaziyatni ishlab chiqaruvchilar o'zgartirishi kerak. Komfort va tejamkorlik — bu albatta afzallik, lekin elektromobillarni kamchiliklari yirik deb aytsa bo'ladi.



2024-yilda mamlakat bo‘ylab zaryad stansiyalari soni 1 085 taga yetdi, ammo ularning 60% faqat Toshkent shahrida joylashgan. Bugungi kunda faqat 103 ta stansiya to‘liq texnik talablarga javob beradi. 2025-yil oxirigacha 32 400 ta qo‘shimcha zaryad stansiyasi qurish rejalashtirilgan. Bundan tashqari elektromobillarni quvvatlash vaqti uzoq. Tezkor (fast charging) zaryadlash 30–40 daqiqa davom etadi, oddiy uy quvvatida esa sakkiz soatgacha cho‘zilishi mumkin.


Elektromobillarni yana bir katta kamchiligi — bu narx. Ushbu mashina turi haligacha ham qimmat. Bojxona imtiyozlariga qaramay, elektromobillar narxi benzinli mashinalarga nisbatan hanuz yuqori. 2024-yilda O‘zbekistonga olib kelingan elektromobillarning o‘rtacha narxi 224,8 mln so‘m bo‘lgan. Taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatish muammolari ham bor. Elektromobillar uchun malakali ustalar va ehtiyot qismlar hali yetarli emas.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner