Start-Stop tizimi qishda yoqilg‘ini tejaydimi
06.02.2025 / 08:10Qishda tizimning samaradorligi pasayishi mumkin.

Start-Stop tizimi dvigatelni bekor ishlashdan saqlab, yoqilg‘i sarfini kamaytiradi va chiqindi gazlarni qisqartiradi. Avtomobil to‘xtaganda motor avtomatik o‘chadi va harakat boshlanishi bilan qayta ishga tushadi.
Qishda tizimning samaradorligi pasayishi mumkin. Dvigatel tez-tez o‘chib-yonishi tufayli yetarli darajada qizimay qolishi, bu esa yoqilg‘i sarfining oshishiga va dvigatelning tezroq eskirishiga olib kelishi mumkin. Ko‘pgina avtomobillarda Start-Stop sovuq havoda avtomatik ravishda o‘chiriladi yoki qisqa muddatli ishlaydi.
Agar avtomobilingizda bunday moslama bo‘lmasa, qishda tizimni qo‘lda o‘chirish tavsiya etiladi. Lekin magistralda kamdan-kam to‘xtab turadigan holatlarda u yoqilg‘ini tejashga yordam berishi mumkin.