Banner
Savollar va javoblar

Marat aka deb tanilgan avtosavdogardan intervyu

15.01.2025 / 07:59

Obunachilarni eng qiziqtirgan savollarga javoblar.

Blog image

Sergeli mashina bozori Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan va avtomobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik markazlardan biridir. Bu bozor turli modellar va narx oralig‘idagi yangi va ishlatilgan avtomobillarni taklif etadi. Bugungi kunda Uzcars jamoasi Sergeli bozorida faoliyat yuritayotgan va ko‘p yillardan beri mashina savdosi bilan shug‘ullanayotgan Marat aka bilan intervyu olib, uning tajribalari haqida suhbatlashdi.


Obunachilaringizni eng qiziqtiradigan savol, qanday qilib mashina bozoriga kirib keldingiz va savdoni qanday boshladingiz?


— Xullas, Men 20 yil oldin mashina haydab yurganman, vaqt o'tib o'sha yurgan mashinamni azgina minib sotganman va shunday takrorlanavergan, shu vaqt oralig'ida mashinalar olib sotishga qiziqish paydo bo'la boshlagan.


Sizning birinchi sotgan mashinangiz qaysi bo'lgan?


— Jiguli bo'lgan va uni $150 foydaga sotganman.


Bir oyda qancha mashina sotasiz va qancha pul topasiz?


— Mashinaga qarab har hil bo'ladi, har bir mashinadan $300-$400 atrofida foyda qoladi, oyiga 5-10 ta mashina sotilsa $4 ming-$5 ming atrofida ishlab topamiz.


Va yana bitta savol nima uchun faqat Gentra sotasiz?


— Men aslida boshidan Gentra sotish bilan tanilganman, Gentrafurush Marat aka deyishsa bo'ldi, hamma taniydi. Lekin Gentradan keyin qaysi avtomobil bo'lishini aniq etolmayman.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
Banner