BYD Tang Yevropa bozoriga qaytmoqda
28.10.2024 / 06:49BYD Tangga 15,6 dyuymli aylanuvchi displey va yangi rul o‘rnatilgan.

Elektr krossover BYD Tang yangilangan versiyada Yevropa bozoriga qaytdi, 517 ot kuchiga ega quvvatni saqlab qolgan holda masofani — 530 kmga yetkazdi.
108,8 kVt/soat quvvatga ega yangi batareya, oldingi 86,4 kVt/soatlik batareyaga qaraganda, Tangga qo‘shimcha zaryadsiz uzoqroq masofa yurish imkoniyatini berdi, shuningdek, 170 kVtlik tez quvvatlanish orqali quvvatlash vaqti qisqardi. Endi BYD Tang narxi —$72 900 dan boshlanadi, bu hatto o‘tgan yilgi — $15 100 lik chegirmadan ham arzonroq.
Bu yetti o‘rinli krossover 100 km/soat tezlikka — 4,9 soniyada yetadi va 1 500 kg gacha yukni torta oladi. Bundan tashqari, 4 kVt quvvatli V2L tizimi orqali tashqi qurilmalarni ham quvvatlash imkoniyatiga ega.
Tashqi ko‘rinishda yangilangan Tang: yangi old bamper dizayni, katta radiator panjarasining yo‘qligi, yangilangan old va orqa chiroqlar bilan ajralib turadi. Ichkarida esa — 15,6 dyuymli aylanuvchi displey va yangi rul o‘rnatilgan.