BannerMobile banner
Yangiliklar

Yangi BMW X5 beshta turli kuch qurilmasi bilan taqdim etiladi

25.03.2026 / 07:32

Model ilk bor benzin, dizel, gibrid, elektromobil va hatto vodorod versiyalarida taklif qilinadi.

Blog image

BMW yangi avlod BMW X5 modeli haqida ilk tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Carscoops ma’lumotiga ko‘ra, modelning rasmiy taqdimoti joriy yil o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi, bozorga chiqishi esa 2027-yilga rejalashtirilgan.


Yangi X5 dizayni kompaniyaning Neue Klasse konsepsiyasiga yaqinlashadi. Krossover vertikalroq radiator panjarasi, X-shaklidagi kunduzgi chiroqlar va soddalashtirilgan kuzov chiziqlari bilan ajralib turadi. Tashqi ko‘rinishda u yangi BMW i3 modeliga yaqin bo‘lib, hozirgi avlod X5’dan sezilarli darajada farq qiladi.


Asosiy yangilik esa texnik qismda kutilmoqda. Yangi BMW X5 ilk bor bir vaqtning o‘zida beshta turdagi kuch qurilmasi bilan taqdim etiladi. Bular — benzin va dizel dvigatellari, plug-in gibrid tizim, to‘liq elektr versiya hamda vodorodli variantdir.


Dvigatel qatorida 2,0 litrli turbomotor, 3,0 litrli qatorli “oltilik” hamda sport versiya uchun 4,4 litrli V8 dvigatel saqlanib qolishi mumkin. Gibrid modifikatsiyalar ham kengaytiriladi.


To‘liq elektr versiya BMW iX5 nomi bilan chiqadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bazaviy model 340 ot kuchiga ega bo‘lib, 0 dan 100 km/soatgacha 6 soniyadan kam vaqtda tezlashadi. Eng kuchli versiya esa 600 ot kuchiga yaqin quvvat bilan 4 soniya atrofida “yuzlik”ni oladi.


Salon ham yangilanadi. Model BMW Panoramic iDrive tizimi bilan jihozlanadi — markaziy ekran va old oynaning butun kengligi bo‘ylab joylashgan displey. Shuningdek, Apple CarPlay va Android Auto’ning simsiz qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner