BannerMobile banner
Yangiliklar

Xitoyda Xiaomi SU7 uchun 80 mingdan ortiq buyurtma yig‘ildi

06.05.2026 / 06:48

Savdolar pasayishi kerak bo‘lgan davrda ham Xiaomi SU7’ga talab o‘sishda davom etmoqda.

Blog image

So‘nggi 4 kun ichida yana 10 mingdan ortiq buyurtma qo‘shilgani aytilmoqda. Odatda yangi model startidan keyin savdo sur’ati sekinlashadi, biroq Xiaomi holatida dinamika hanuz yuqori darajada qolmoqda.


Hozirgi temp saqlanib qolsa, SU7 yiliga 200 mingdan ortiq sotiladigan sedanlar qatoriga kirishi mumkin. Bu esa Xiaomi uchun avtomobil bozoridagi eng katta sinovlardan biri muvaffaqiyatli boshlanayotganini ko‘rsatadi.


Bazaviy Xiaomi SU7 versiyasi $32 195 (aktual kurs bo'yicha) boshlanadi. U 235 kVt quvvatli elektromotor va 73 kVt·soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. CLTC sikliga ko‘ra, yurish zaxirasi 720 km’gacha yetadi.


SU7 Pro versiyasi 96,3 kVt·soat batareya va 902 km gacha yurish zaxirasini taklif qiladi. Eng kuchli Max versiyasi esa 508 kVt quvvatli ikki motorli tizim bilan jihozlangan bo‘lib, bir zaryadda 835 km’gacha harakatlana oladi.


Barcha versiyalarda endilikda LiDAR, 4D-radar va 700 TOPS unumdorlikka ega Nvidia Thor-U platformasi mavjud. Model Xiaomi’ning o‘z platformasida qurilgan bo‘lib, ko‘p richagli osma tizimiga ega. Yuqori komplektatsiyalarda esa pnevmatik osma ham mavjud.


Xiaomi SU7’ga bo‘lgan talab fonida brend avtomobil bozorida vaqtinchalik trend emasligi haqida yana bir signal berdi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner