BannerMobile banner
Yangiliklar

Li Auto yangilangan L6’ning bozorga chiqish sanasini e’lon qildi

17.06.2026 / 10:04

Avtomobil to‘rtta lidarga ega bo’ladi.

Blog image

Lixiang iyul oyida yangilangan L6 krossoverini taqdim etadi. Model bir yil ichida 360 mingdan ortiq nusxada sotilgan bo‘lib, endi yanada sig‘imli batareya va rivojlangan haydovchiga yordam tizimlariga ega bo‘ladi.


Xitoy transport vositalari reyestridagi ma’lumotlarga ko‘ra, tortuvchi batareya sig‘imi 36,8 kVt·soatdan 51 kVt·soatgacha oshadi. Natijada gibridning elektr rejimidagi yurish zaxirasi 182 kilometrdan 234 kilometrgacha yetadi. Maksimal tezlik esa 200 km/soatga chiqadi.


Yangilanishlarning yana biri haydovchiga yordam tizimlariga taalluqli. Endilikda L6 to‘rtta lidar bilan jihozlanishi mumkin. Ulardan biri tom qismiga, qolganlari esa yon va orqa qismlarga o‘rnatiladi. Bu avtomobilning atrof-muhitni yanada aniqroq kuzatishiga imkon beradi.


Krossover tashqi ko‘rinishi brendning yangi uslubiga mos ravishda qayta ishlanadi. Oddiy eshik tutqichlari o‘rnini yarim yashirin tutqichlar egallaydi. Kuzov uzunligi 10 mm ga oshib, 4 935 mm ni tashkil etadi.


Avtomobil avvalgidek 1,5 litrli turbobenzin dvigateli bilan jihozlanadi. U tortuvchi batareyani quvvatlantiradi, harakat esa elektromotorlar yordamida amalga oshiriladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner