BannerMobile banner
Yangiliklar

11 yil kutilgan yangi Audi Q7 taqdim etildi

10.06.2026 / 06:42

Avtomobil 3-litrli dvigatel bilan jihozlangan.

Blog image

Audi Q7 krossoverining uchinchi avlodini rasman taqdim etdi. Model tashqi ko‘rinish va interyer jihatidan to‘liq yangilanib, avvalgi avloddan sezilarli darajada farq qiladi.


Yangi Q7 kattalashtirilgan radiator panjarasi, balandroq kapot, kengaytirilgan g‘ildirak arkalari hamda ikki qavatli LED optikaga ega bo‘ldi. Modelning asosiy yangiliklaridan biri aqlli faralar hisoblanadi. Ular yo‘l yuzasiga ogohlantirishlarni aks ettirishi, burilish signallarini ko‘rsatishi va eshik ochilganda boshqa harakat ishtirokchilarini ogohlantirishi mumkin.



Salonda esa asboblar paneli va multimedia tizimini birlashtirgan egri OLED displey o‘rnatilgan. Old yo‘lovchi uchun alohida ekran ham taqdim etilgan. Shuningdek, avtomobil xotirada saqlanadigan sozlamalarga ega panoramali tom bilan jihozlangan.


Ko‘plab bozorlarda Audi Q7 uch qator o‘rindiq bilan taklif etiladi. Bagaj hajmi konfiguratsiyaga qarab 581 litrdan qariyb 2000 litrgacha yetadi.

Texnik jihatdan model pnevmatik osma, to‘liq uzatma tizimi, to‘liq boshqariladigan shassi va elektron boshqaruvli amortizatorlar bilan jihozlangan. Osma tizimi navigatsiya ma’lumotlari asosida yo‘l sharoitlariga oldindan moslasha oladi.



Yangi Audi Q7 xavfsizlik tizimlariga ham katta e’tibor qaratilgan. Avtomobil murakkab parkovka manevrlarini mustaqil bajara oladi, orqaga o‘zi harakatlanadi va zarurat tug‘ilganda favqulodda xizmatlarga murojaat qilishi mumkin.


Yangi Audi Q7 sotuvi iyul oyida boshlanadi. Model avvalgidek BMW X5 va Mercedes-Benz GLE bilan raqobatlashadi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner