BannerMobile banner
Yangiliklar

Kia yangi K3 sedani sotuvi boshlanganini e’lon qiladi

25.05.2026 / 06:36

ADM kompaniyalar guruhi yangi zamonaviy Kia K3 sedanini sotuvga chiqardi. Avtomobil ifodali dizayni, ergonomik saloni va qulay benzinli dvigateli bilan ajralib turadi. Narxi 219,9 mln so‘mdan boshlanadi.

Blog image

Yangi sedan kundalik foydalanishda shinamlik, qulaylik va ishonchni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan. Model zamonaviy haydovchilar kutganidek ergonomik salon, yuqori darajadagi jihozlanish va muvozanatlashtirilgan xususiyatlarni taqdim etadi.


K3 nomi “kuch” so‘ziga hamohang bo‘lib, avtomobilning o‘ziga xosligini ko‘rsatadi: ishonchli, texnologik jihozlanishga ega va puxta o‘ylangan. O‘zining o‘lchamlari va jihozlanishi tufayli Kia K3 yuqori toifadagi modellar bilan taqqoslanadigan qulaylik darajasini taqdim etadi.


Avtomobilning o‘lchamlari 4 545 × 1 765 × 1 475 mm, yukxonaning hajmi esa 544 litrga yetadi.


Dizayn


Eksteryer Kia Opposites United (“Qarama-qarshiliklar birligi”) falsafasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Power to Progress (“Progress uchun energiya”) konsepsiyasiga urg‘u berilgan. Star Map old yoritish chiroqlari modelning zamonaviy va tanilgan ko‘rinishini shakllantiradi, yangilangan "yo‘lbars tabassumi" radiator panjarasi esa avtomobilning texnologik xususiyatini ifodalaydi.



Dinamik fastback qiyofasi, birlashtirilgan orqa tomon optika tizimi va ifodali kuzov chiziqlari avtomobil ko‘rinishini zamonaviy va ta’sirchan qilib ko‘rsatadi. Komplektatsiyasiga qarab, diametri 15 dan 17 dyuymgacha bo‘lgan g‘ildirak disklari mavjud.



GT Line versiyasi o‘zining eksteryeri va interyerining sport elementlari bilan ajralib turadi: original bamperlar, 17 dyuymli disklar, o‘rindiqlarning ikki rangli qoplamasi, qora shift va pedallardagi metall qoplamalar. Model uchun beshta kuzov rangi mavjud: oq, kumush, to‘q kulrang, oq marvarid, qora marvarid.


Interyer


Kia K3 interyeri Technology for Life ("Turmush uchun texnologiyalar") tamoyili asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, qulaylik va funksionallikka yo‘naltirilgan. Old panelning gorizontal arxitekturasi salon maydonini vizual ravishda kengaytiradi, multimedia va iqlim nazorati boshqaruv elementlari esa yagona ergonomik hududga birlashtirilgan.



Komplektatsiyaga qarab, Supervision raqamli qurilmalar paneli, 10,25 dyuymgacha ekranga ega multimedia tizimi, Apple CarPlay va Android Auto tizimi qo‘llab-quvvatlashi, smartfon uchun simsiz quvvatlash tizimi va elektr yuritmali lyuk mavjud.


Qo‘shimcha qulaylikni yaxshilangan shovqin izolyatsiyasi, ikki hududli iqlim nazorati, o‘rindiqlarning ikkinchi qatori uchun deflektorlar va “Issiqlik beruvchi opsiyalar” paketi ta’minlaydi. 64 xil rangga ega atmosferali yoritgichi interyerni kayfiyatga moslashtirish imkonini beradi.


Dvigatellar va yurish sifati


O‘zbekiston bozorida Kia K3 ikkita benzinli dvigatel bilan taklif etilmoqda:

• 6 pog‘onali mexanik uzatmalarni almashtirish qutisi bilan birgalikda 100 ot kuchiga ega 1.4 MPI;

• 6 pog‘onali avtomat ravishda uzatmalarni almashtirish qutisi bilan 123 ot kuchiga ega 1.6 MPI.


Osma tizimi qulaylik va boshqaruvchanlik muvozanatiga moslashtirilgan, 165 mm o‘lchamga ega klirens esa turli yo‘l sharoitlarida ishonchni ta’minlaydi. Aerodinamik qarshilik koeffitsiyenti Cd = 0,294 ni tashkil etib, yuqori tezliklarda yonilg‘i sarfini kamaytirish va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.


 

Xavfsizlik


Bazaviy jihozlanishga ABS, ESC, TPMS, yuqoriga ko‘tarilishda start yordamchisi, orqa tomon kamerasi va ISOFIX mahkamlagichlari kiradi. Komplektatsiyaga qarab, avtomobil 2 tadan 6 tagacha xavfsizlik yostiqchalariga ega va ADAS tizimlari majmuasi, jumladan, yo‘l tasmasida ushlab turish, ko‘rinmas hududlarni nazorat qilish va orqa tomonga harakatlanishda ogohlantirish tizimi bilan jihozlangan.

 

Kia K3 to‘rtta komplektatsiyada mavjud:

 

Classic – 219 900 000 so‘m;

Luxe – 239 900 000 so‘m;

Prestige – 269 900 000 so‘m;

GT-Line – 299 900 000 so‘m.

 

Modelga Kia kafolati qo‘llaniladi – 5 yil yoki 150 000 km yo‘l bosish.

 

Telefon: (+998) 55-500-83-33

Veb-sayt: https://kia.uz/

Facebook: https://www.facebook.com/KiaUzbekistan/

Instagram: https://www.instagram.com/kia__uzbekistan

Telegram: https://t.me/kiauzbekistanbot

YouTube: https://www.youtube.com/@kiauzbekistan

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner