Toshkentning Yashnobod tumanidagi muhim chorrahada harakat sxemasi o‘zgardi
05.06.2026 / 09:54Maxtumquli va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida qo‘shimcha qatnov yo‘lagi hamda svetofor bilan boshqariladigan yangi burilish tashkil etildi.

Toshkent haydovchilari uchun yana bir qulaylik yaratildi.

Yashnobod tumanida Maxtumquli va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida, Mavorounnahr ko‘chasi bo‘ylab yangi qo‘shimcha yo‘lak hamda svetofor bilan boshqariladigan qayrilish tashkil etildi. Yangi harakat sxemasi haydovchilarga ushbu hududda yo‘nalishni xavfsizroq va qulayroq tarzda o‘zgartirish imkonini beradi. Endilikda eng yaqin qayrilish joyini izlash yoki ortiqcha aylanma harakatlarni amalga oshirishga hojat qolmaydi.

Mutasaddilarning ma'lum qilishicha, mazkur o‘zgarish transport oqimini tartibga solish, tirbandliklar ehtimolini kamaytirish va yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, yangi yechim poytaxtning muhim transport tugunlaridan birida o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.








