BannerMobile banner
Yangiliklar

Kia yangilangan Seltos’ni taqdim etdi

04.06.2026 / 11:52

Avtomobilni AQShdagi narxi $33 ming.

Blog image

Kia Amerika bozori uchun yangilangan Seltos krossoverining 2027-model yiliga oid texnik tavsiflari va narxlarini e’lon qildi. Avtomobil yangi dizayn, kattaroq kuzov o‘lchamlari hamda boyitilgan jihozlar ro‘yxatiga ega bo‘ldi.


Restaylingdan so‘ng Kia Seltos tashqi ko‘rinishi jihatidan brendning yirik modellari — Telluride va EV9’ga yanada yaqinlashdi. Krossover yangi LED optika, qayta ishlangan radiator panjarasi va zamonaviylashtirilgan kuzov dizayniga ega bo‘ldi.



Boshlang‘ich komplektatsiyada 12,3 dyuymli multimedia tizimi, raqamli asboblar paneli, elektron yordamchilar to‘plami hamda 147 ot kuchiga ega 2 litrli atmosfera dvigateli taklif etiladi. Ushbu motor variator bilan ishlaydi. Standart holatda old g‘ildirakdan tortish tizimi taqdim etiladi, to‘liq uzatma esa qo‘shimcha haq evaziga mavjud. Yuqori komplektatsiyalarda haydovchi o‘rindig‘ining elektr sozlamalari, simsiz quvvatlash qurilmasi, o‘rindiqlar isitilishi, ikki zonali iqlim nazorati, bagaj eshigining elektr privodi va kengaytirilgan xavfsizlik tizimlari mavjud.


Qatorning eng yuqori pog‘onasida X-Line SX versiyasi joylashgan. U yo‘ltanlamas uslubidagi dizayn, panoramali tom, 19 dyuymli g‘ildiraklar hamda 190 ot kuchiga ega 1,6 litrli turbomotor bilan jihozlangan. Ushbu modifikatsiya 8 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi va to‘liq uzatma tizimiga ega. AQShda yangi Kia Seltos narxi $24 990 dan boshlanadi. Eng qimmat komplektatsiyadagi versiya esa $32 790 ga baholangan. Keyinchalik modelning gibrid talqini ham sotuvga chiqariladi, biroq uning narxi hozircha ma’lum qilinmagan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner