BannerMobile banner
Yangiliklar

O’zbekistonda jarimalar narxi yanada ko’tariladi

26.06.2026 / 05:42

Har bir jarima narxi sentabrdan boshlab 7% ga oshadi.

Blog image

Prezident Shavkat Mirziyoyev ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.


Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 440 ming so‘m etib belgilanadi. BHM oshishi bilan unga bog‘langan barcha to‘lovlar ham avtomatik ravishda qimmatlashadi.


Haydovchilar uchun bu yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar, avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish, texnik pasport va davlat raqam belgilarini rasmiylashtirish, haydovchilik guvohnomasini olish yoki almashtirish, ishonchnoma rasmiylashtirish, oynalarni qoraytirish (tonirovka) uchun ruxsatnoma hamda boshqa davlat yig‘imlari narxi oshishini anglatadi.


Yangi BHM amaldagisiga nisbatan qariyb 7 foizga oshirilmoqda.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner