Qishda mashinani qanday va qanchalik tez-tez yuvish kerak?
27.12.2024 / 06:43Qishda mashinani ikki-uch haftada bir marta yuvish kerakdir.

Ba’zi avtomobil egalari qishda mashinasini yuvmaydi.
Ular bu qarorini yozdagidek chang va ifloslik yo‘qligi, shuningdek, eshiklarning muzlab qolishi xavfi bilan tushuntiradi. Qishda avtomobilni yuvishning muntazamligi egasiga bog‘liq — bu masalada qat’iy qoidalar, GOST yoki avtomobil ishlab chiqaruvchilarining tavsiyalari mavjud emas.
Shu bilan birga, qishda nafaqat avtomobilning ifloslik darajasini, balki yirik shaharlarda yo‘llarga sepiladigan ko‘p miqdordagi kimyoviy moddalardan foydalanishni ham inobatga olish kerak. Qishda mashinani ikki-uch haftada bir marta yuvish kerakdir.
Qishda avtomobilni yuvish uchun olib kelganingizda, ishchilardan muz to‘planishi mumkin bo‘lgan turli bo‘shliqlarni, masalan, tag qismdagi eshiklar, g‘ildirak g‘ilofi, yukxona ostidagi orqa qismlarni yaxshilab tozalashlarini so‘rash kerak.
Boksgacha olib kirilganda, muzlagan avtomobilni biroz qizdirish muhim — kamida +10 darajagacha. Chunki dastlabki yuvish sovuq suv bilan amalga oshiriladi, keyin kimyoviy moddalar va iliq suvdan foydalaniladi. Shundan so‘ng, barcha qulf va bo‘shliqlarni puflab quritish, sovuqda muzlab qolishi mumkin bo‘lgan qismlarni silikon bilan yog‘lash tavsiya etiladi.
Yana aytib o'tish kerakki, avtomobilingizni iliq kunlarda yuvganingiz ma’qul, kuchli sovuqda esa bunday suvli jarayonlardan voz kechish tavsiya etiladi.