Mahalliy ommabop avtomobillar arzonlashdi
20.03.2025 / 05:52Eng ko‘p arzonlashgan modellardan biri – Damas

Joriy yilning fevral oyida mahalliy avtomobillar bozorida narxlar sezilarli darajada pasaydi. Mashina sotib olishga talabning kamayishi bilan birga, ayrim modellar o‘rtacha 3-5% gacha arzonlashgan.
- eng ko‘p arzonlashgan modellardan biri – Damas, uning narxi $7 980 dan $7 mingga tushdi (-3,6%);
- Onix – $13 5 00 dan $13 100 ga arzonlashdi (-3%);
- Cobalt – $12 300 dan $12 mingga tushdi (-2,4%);
- Nexia – $11 500 dan $11 280 ga pasaydi (-1,9%);
- Spark esa -- $10 500 dan $10 400 ga tushdi (-1%).
Ko‘p foydalanilgan Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark modellari ham biroz arzonlashgan. Biroq Tracker va Malibu modellarida narx o‘zgarishsiz qolgan.