Aksiya doirasida Captiva 5 uchun chegirma 55 mln so‘mgacha yetadi. Ayrim dilerlar esa qo‘shimcha 5 mln so‘mlik chegirma ham taqdim etmoqda.
Natijada Captiva 5 narxi:
— LT — 260 mln so‘mdan
— Premier — 290 mln so‘mdan
Bu holat UzAuto Motors model qatorini yangilashga tayyorgarlik ko‘rayotgani va 25–30 ming dollar segmentida yangi modellar uchun joy bo‘shatayotgani haqidagi taxminlarni kuchaytirmoqda.





