📏 Yangi krossoverning uzunligi 4955 mm, g’ildirak bazasi esa 2900 mmni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich hatto Toyota Land Cruiser 300dan ham kattaroq. Shunga qaramay, salon 5 o’rinli bo’lib qoladi.
Kapot ostida ikki xil agregat taklif etiladi:
🔹 2,0 litrli turbo benzinli dvigatel — 290 ot kuchi;
🔹 2,0 litrli gibrid tizim — 218 ot kuchili benzinli dvigatel va elektromotorlar.
Yangi Monjaro Plus ikki rangli kuzov, yangi dizayndagi disklar, panoramali tom hamda boyroq jihozlar ro’yxatiga ega bo’ladi.
Hozircha model faqat Xitoyda sertifikatdan o’tgan. Sotuv boshlanish sanasi va narxlari keyinroq e’lon qilinadi.





