Demak, ishlab chiqarilgan avtomobillarning qariyb 42 ming tasi eksportga yuborilgan yoki omborlarda qolgan.

Taqqoslash uchun:

• 2025-yil — ishlab chiqarilgan Cobalt'larning 92,4% ichki bozorda sotilgan;

• 2026-yil — bu ko‘rsatkich 49,3%gacha tushib ketdi.

Shu bilan birga, Onix bo‘yicha vaziyat aksincha — yarim yillikda 19 595 dona sotilib, ishlab chiqarish hajmidan (18 715 dona) ham oshdi. Tracker esa ishlab chiqarilgan avtomobillarning qariyb 87% sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Cobalt navbatsiz, muddatli to‘lov va imtiyozli avtokredit asosida ham taklif qilinmoqda.