BannerMobile banner
Yangiliklar

Utilizatsiya yig‘imi oshirilishi batareyalarni qayta ishlashni ta’minlaydi

11.02.2025 / 13:25

Bu tartib shu yilning 1-mayidan kuchga kiradi.

Blog image

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining tashqi savdo departamenti rahbari hukumat elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imini to'rt baravar oshirish choralarini joriy etish sabablarini tushuntirdi.


So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imini gibrid avtomobillar bilan tenglashtirish masalasi keng muhokama qilinmoqda. Bu tartib shu yilning 1-mayidan kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, 3 yildan yoshroq elektromobillar uchun yig‘im 30 baravarlik BHMdan 120 baravarga, 3 yildan eski mashinalar uchun esa 90 baravardan 210 baravarga oshiriladi.


Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining tashqi savdo departamenti rahbari Inomjon Abdurahmonovning tushuntirishicha, bu yig‘im ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning sog‘ligini va atrof-muhitni toksik chiqindilardan himoya qilish, shuningdek, mahalliy sanoatni qo‘llab-quvvatlash va avtomobil chiqindilarini qayta ishlashni rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner