BannerMobile banner
Yangiliklar

BYD Song Plus Champion arzonlashdi

11.03.2025 / 12:54

Rasmiy dilerlar 2024-yilgi (restayling oldi) modelni taklif qilmoqda.

Blog image

BYD O‘zbekistonda Ramazon oyiga bag‘ishlangan aksiya doirasida Song Plus Champion EV (605 km) narxini tushirdi. Maxsus taklif:


BYD Song Plus EV 605 km — 412,900,000 so‘m. Bu narx naqd va kreditga xarid uchun amal qiladi. Mavjud ranglar: qora va oq. Boshqa ranglar 1-2 oy kutiladi.


Rasmiy dilerlar 2024-yilgi (restayling oldi) modelni taklif qilmoqda, xususiy importyorlar esa 2025-yilgi versiyani 370 mln so‘mga sotmoqda. 


Yangi modelda yaxshilangan avtopilot, qo‘shimcha kameralar, telefon orqali boshqaruv va rus/uzbek tillarida interfeys mavjud. Rasmiy versiyada batareya uchun sakkiz yillik kafolat beriladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner