BannerMobile banner
Yangiliklar

BMW juda katta chegirmalarni e’lon qildi

08.01.2026 / 07:25

Gap Xitoy bozori haqida ketmoqda.

Blog image

BMW China Xitoy bozorida narxlarni keskin pasaytirdi. Kompaniya 31 ta model bo‘yicha rasmiy narxlarni qayta ko‘rib chiqdi, ayrim holatlarda chegirmalar $42,8 ming gacha yetdi. Eng arzon yangi BMW narxi 208 ming yuan (taxminan $29,7 ming dollar) darajasiga tushdi, $42,8 mingdan arzon modellar soni esa 10 taga yetdi.


Narxlarning pasayishi ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. «BMW narxlarni rasman tushirdi» mavzusi Weibo’da trendga chiqdi, bayram kunlari esa dilerlik markazlarida mijozlar oqimi sezilarli oshdi.


Eng arzon model BMW 225L M Sport bo‘ldi. BMW iX1 narxi qariyb 25 foizga kamaydi, eng katta pasayish esa BMW i7 M70L’da qayd etilib, u $43 ming arzonlashdi.


BMW bu qarorni narxlar urushi emas, balki mahsulot qiymatini qayta muvozanatlash deb izohlamoqda. Rasmiy narxlarning pasayishi kredit summalari, boshlang‘ich to‘lov va soliq yukini kamaytirishga xizmat qiladi.


Shu bilan birga, kompaniya Xitoyda savdolar pasayishi fonida ishlamoqda: BMW realizatsiyasi ketma-ket ikkinchi yil kamaymoqda va asosiy modellarning bozor pozitsiyalari bosim ostida qolmoqda.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner