2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda 22 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi
03.03.2026 / 07:26Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 6,5 ming donaga oshgan.

O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar oyida turli rusumdagi jami 22 099 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 6,5 ming donaga ko‘proqni tashkil etadi. Bu esa mamlakatda avtomobil ishlab chiqarish hajmi barqaror o‘sishda davom etayotganini ko‘rsatadi.
Yanvar oyidagi ishlab chiqarish hajmi rusumlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:
- Cobalt — 6 993 dona
- Damas — 3 628 dona
- KIA — 2 298 dona
- Onix — 1 974 dona
- Tracker — 1 900 dona
- BYD — 1 352 dona
- Haval — 1 135 dona
- Chery — 757 dona
- Maxsus yengil avtomobillar — 2 062 dona
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p ishlab chiqarilgan model Cobalt bo‘lib, umumiy hajmda yetakchilikni saqlab qolmoqda. Damas va KIA modellari ham yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Mutaxassislar fikricha, ishlab chiqarish hajmining oshishi ichki talab va eksport salohiyatining kengayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.







