Zeekr brendi 9X krossoverining ukasini taqdim etdi
05.01.2026 / 05:46Gap 8X modeli haqida ketmoqda.

Zeekr brendi yangi flagman krossoveri Zeekr 8X’ni rasman taqdim etdi. Model 2026 yilning birinchi yarmida sotuvga chiqishi kutilmoqda va boshlang‘ich narxi taxminan $61 500 bo‘ladi. Yangi avtomobil texnologiya, xavfsizlik va premium segmentga yo‘naltirilgan imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Zeekr 8X SEA-S platformasi asosida yaratilgan bo‘lib, 900 voltli yuqori kuchlanishli arxitekturaga ega. Krossover plagin-gibrid kuch qurilmasi, uchta elektromotor va 6C tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlovchi akkumulyator bilan jihozlanadi. Shuningdek, modelda Haohan AI raqamli shassisi qo‘llanilib, u murakkab va sirpanchiq yo‘l sharoitlarida ham avtomobil barqarorligini saqlaydi.

Dizayn jihatidan Zeekr 8X tashqi ko‘rinishda Zeekr 9X’ga yaqin bo‘lib, qora disklar va qizil tormoz supportlari bilan sportcha ruhga ega. Avtomobil uzunligi taxminan 5,1 metr bo‘lib, 5, 6 yoki 7 o‘rindiqli salon variantlarida taklif etiladi.

Xavfsizlik va yordamchi tizimlar qatorida Geely G-Pilot H7 va H9 tizimlari mavjud bo‘lib, ular Nvidia Drive Thor-U chiplariga asoslangan va 3-darajali avtopilot imkoniyatlarini taqdim etadi.







