BannerMobile banner
Yangiliklar

Hyundai yangilangan Staria avtomobilni taqdim etdi

12.01.2026 / 10:23

Avtomobilni yurish zahirasi — 400 km.

Blog image

Hyundai Staria mini-venining to‘liq elektr versiyasini taqdim etdi. Yangi model Staria Electric deb nomlandi vа u brendning eng yirik elektromobili bo‘ldi.


5 255 mm uzunligi bilan u Hyundai’ning batareyali modellari orasida yetakchi hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishi deyarli benzil dvigatelli versiyadan farq qilmaydi — asosiy o‘zgarishlar texnik qismda.


Staria Electric 800 voltli platformaga asoslangan. Old o‘qda joylashgan 218 ot kuchli elektromotor va 84 kVt·soatli batareya WLTP bo‘yicha 400 km gacha yurish masofasini ta’minlaydi.


Tezkor quvvatlash orqali 20 foizdan 80 foizgacha taxminan 20 daqiqada zaryadlanadi. V2L funksiyasi avtomobilni tashqi qurilmalar yoki uy uchun quvvat manbai sifatida ishlatish imkonini beradi.


Salon yangilangan Staria’dan olingan: jismoniy tugmalar paydo bo‘lgan, transmissiya selektori va rul qayta ishlangan. Hyundai Staria Electric sotuvi 2026 yilning birinchi yarmida Janubiy Koreya va Yevropada boshlanadi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner