BannerMobile banner
Yangiliklar

Bosh vazir xizmat mashinasini Mercedes-Benz'dan Malibu'ga almashtirdi

11.03.2025 / 12:52

Avval foydalanilgan avtomobillar bosqichma-bosqich E-auksion sotuvga chiqadi.

Blog image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasidan so‘ng bosh vazir Abdulla Aripov mahalliy avtomobilga o‘tganini e’lon qildi. Bu haqda bosh vazirning matbuot kotibi Bekzod Xidoyatov ma’lum qildi, uning so‘zlarini Daryo keltirdi.


7 mart, juma kuni Abdulla Aripov yig‘ilish o‘tkazib, barcha amaldorlarga xorijiy xizmat avtomobillaridan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi. Bekzod Xidoyatovning so‘zlariga ko‘ra, amaldorlar ushbu tartibni 1 apreldan boshlab joriy etishni taklif qilishgan.


"Barcha topshiriqlarimiz prezidentimiz tomonidan berilgan bo‘lsa, ularni so‘zsiz bajarishimiz kerak, bu muhokamaga o‘rin yo‘q. Menga 20 martdan yoki 1 apreldan boshlashni taklif qilishmoqda. Yo‘q, bunday bo‘lmaydi. Agar prezident ko‘rsatma bergan bo‘lsa, biz uni darhol bajarishimiz kerak. Bu hukumatning asosiy vazifasi," — dedi bosh vazir yig‘ilishda.


Ilgari foydalanilgan avtomobillar esa bosqichma-bosqich E-auksion elektron savdo platformasi orqali sotuvga qo‘yiladi.


Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner