Belgiyada Audi zavodi yopiladi
04.11.2024 / 07:58Audi Belgiyadagi zavodini 2025 yil fevralida yopadi.

Xitoyda sotuvlar keskin kamaygani uchun Audi Belgiyadagi zavodini 2025 yil fevralida yopadi.
Bu qaror Xitoy bozoridagi talab pasayishi va evropada Xitoy avtomobillarining kuchayib borayotgan raqobati bilan bog‘liq. Zavodda 3 mingdan ortiq ishchi ishsiz qoladi.
Audi yangi investorlar izlayotgan bo‘lsa-da, hali qiziqish bildirgan tomon yo‘q. Zavodning ishlab chiqarish quvvatlarini qishloq xo‘jaligi texnikasini yig‘ishga yo‘naltirish mumkinligi muhokama qilinmoqda.