O'zbekiston xorijdan 11 oyda qancha elektromobil import qilgan?
O‘zbekiston 2024-yil 11 oy ichida xorijdan - $215,3 mln qiymatida avtomobil import qilgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan $215,3 mln qiymatidagi 22 223 ta elektromobil import qilgan.
O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 22 122 ta;
- Qozog‘iston – 51 ta;
- Gonkong – 17 ta;
- Germaniya – 14 ta;
- Boshqa davlatlar – 29 ta.