O'zbekistonda 11 oy ichida qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ishlab chiqarilgan maxsus yengil avtomobillar soni – 23 033 dona.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 382 905 dona har xil turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Ularning rusumlar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha (dona):
- Cobalt – 149 790 dona;
- Damas – 92 011 dona;
- Tracker – 40 718 dona;
- Onix – 36 408 dona;
- KIA – 19 328 dona;
- Gentra – 12 837 dona;
- Chery – 6 301 dona;
- Haval – 2 473 dona;
- Lada – 6 dona;
- Maxsus yengil avtomobillar – 23 033 dona.
2023 yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich - 27 705 dona yoki 7,8%ga ko‘p.