2024-yilda 30 mingdan ortiq mast haydovchi jazolandi
11.02.2025 / 08:1831 351 nafar shaxsga jarima, haydovchilik huquqidan mahrum qilish yoki ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

2024-yil davomida O‘zbekistonda 30 mingdan ortiq haydovchi mast holda avtomobil boshqargani uchun javobgarlikka tortildi.
O‘tgan yili 32 999 nafar shaxs bo‘yicha 32 723 ta ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan. Ishlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi (transport vositasini mast holda boshqarish) va 136-moddasi (haydovchilarning tibbiy tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi) bo‘yicha ko‘rib chiqilgan.
Shundan 31 351 nafar shaxsga jarima, haydovchilik huquqidan mahrum qilish yoki ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.