BannerMobile banner
Yangiliklar

UzAuto Motors rekord darajada foyda oldi

06.05.2025 / 06:10

2024-yilning uchinchi choragida UzAuto Motors - 2,75 trln so‘m sof foyda ko‘rdi.

Blog image

Milliy avtomobil ishlab chiqaruvchi 2024-yil III-chorak moliyaviy natijalari haqida hisobot berdi.


Nafaqat UzAuto Motors avtomobillarini bir necha oy kutishga to‘g‘ri keladi, balki choraklik hisobotlar ham yarim yil kechikib chiqmoqda: qimmatli qog‘ozlar bozori qoidalariga ko‘ra, emitent choraklik hisobotni hisobot davridan keyingi oy ichida e’lon qilishi shart. Ammo bu safar bunday bo‘lmadi: choraklik hisobot faqat 2025-yil 4-may kuni korporativ ma’lumotlar saytida paydo bo‘ldi.


2024-yilning uchinchi choragida UzAuto Motors - 2,75 trln so‘m sof foyda ko‘rdi — bu 2023-yilga nisbatan 42% ga ko‘p. Bu yana bir rekord darajadagi foyda hisoblanadi. 2024-yil sentabr oyi oxiriga kelib kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi - 8,84 trln so‘mga yetdi — bu hozirgi kurs bo‘yicha qariyb $685 mlnga teng.


UzAuto Motors Q3 2024 asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari:

  • sof tushum: 40,6 trln so‘m (+6,5% 2023-yilga nisbatan);
  • yalpi foyda: 7,06 trln so‘m (+38,5% 2023-yilga nisbatan);
  • soliqdan oldingi foyda: 3,47 trln so‘m;
  • operatsion xarajatlar: 3,79 trln so‘m (+23,4% 2023-yilga nisbatan);
  • sof foyda: 2,75 trln so‘m (+42,2% 2023-yilga nisbatan);
  • taqsimlanmagan foyda: 8,84 trln so‘m (taxminan $695 mln)


Iyul–sentyabr oylarida kompaniya - 40,6 trln so‘mlik avtomobil sotgan, bu 2023-yilning uchinchi choragiga nisbatan atigi 6,5% ko‘p.

Bunday kam o‘sish faqat ishlab chiqarish hajmining ozroq o‘sishi bilan emas, balki narxlarning muzlab qolganligi bilan izohlanadi — UzAuto Motors avtomobillari dollar ekvivalentida bir necha yildan beri qimmatlashmayapti.


Shunga qaramay, ma’muriy xarajatlar (bunga menejment xodimlarining oyliklari ham kiradi) deyarli uch baravarga oshib, 1,25 trln so‘mga yetdi — bu taxminan $97 mln. Taqqoslash uchun, 2023-yilda bu xarajatlar atigi - 432 mlrd so‘m bo‘lgan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner