Banner
Yangiliklar

Mahalliy elektromobil ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar beriladi

05.02.2025 / 05:20

2024-yilning yozida esa BYD Uzbekistan Jizzax viloyatida Chazor va Song Plus modellari ishlab chiqarishni boshlagan.

Blog image

Prezidentning 2022-yil 19-dekabrdagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektromobillar 2030-yilgacha utilizatsiya yig‘imidan ozod etiladi. Shuningdek, ularning butlovchi qismlari va servis xizmatlari uchun zarur materiallar bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan.  


Investorlarga ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun 24 oy davomida 10 mingtagacha tayyor elektromobil yoki yig‘ma qismlarni (SKD, CBU) bojxona va utilizatsiya to‘lovlarisiz olib kirish huquqi berilgan.  


2023-yilda ADM Jizzakh (KIA va Chery ishlab chiqaruvchisi) elektromobil importiga bojxona to‘lovlarini qayta joriy qilish va rasmiy dilerlar orqali sotish tartibini tiklashni taklif qilgan. 2024-yilning yozida esa BYD Uzbekistan Jizzax viloyatida Chazor va Song Plus modellari ishlab chiqarishni boshlagan.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
Banner