2026-yilgi Trailblazer modeli yangilanmoqda
Chevrolet Trailblazer 2026-modelining ishlab chiqarilishi 2025-yil 1-apreldan boshlanadi.
U 2025-yilgi versiyaning asosiy xususiyatlarini saqlab qolgan holda bir qator yangi opsiyalarga ega bo‘ladi. Yangi ranglar — White Sands va Apex Red bo‘lib, ular Nitro Yellow Metallic va Crimson Metallic o‘rnini egallaydi.
Model ikki xil dvigatel varianti bilan taqdim etiladi. 1.2 litrli I3 LBP dvigateli 137 ot kuchi va 162 Nm aylanish momentiga ega bo‘lib, E85 yonilg‘isini qo‘llab-quvvatlaydi. 1.3 litrli I3 L3T dvigateli esa — 155 ot kuchi va 174 Nm momentga ega bo‘lgan standart benzinli variant hisoblanadi. Baza versiyada oldi uzatma taqdim etiladi, to‘liq uzatma esa qo‘shimcha opsiya sifatida mavjud bo‘ladi.
GM Authority ma’lumotlariga ko‘ra, Chevrolet Trailblazer 2026-modelining ishlab chiqarilishi 2025-yil 1-apreldan boshlanadi. Dilerlar esa 2025-yil 13-fevraldan buyurtmalarni rasmiylashtirishlari mumkin. Yangi model bahor oylarida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Trailblazer ishlab chiqarilishi Janubiy Koreyaning Bupyeong zavodida davom etadi.