Toshkentda haydovchilar yangilangan yo‘l bo‘lagida adashib qoldi
Ba’zi joylarda yana piyodalar unutib qo‘yildi
Poytaxtda Kichik halqa yo‘lidan eski ToshMI yonidagi Maxtumquli ko‘chasiga yangi chiqish yo‘llari ochildi.
Biroq haydovchilar odatdagidek boshqa joydan burilish o‘rniga yangilangan yo‘lakka noto‘g‘ri kirib, qarama-qarshi harakatga tushib qolishdi. Bu esa xavfli holatlar keltirib chiqarmoqda.
Shuningdek, ba’zi joylarda yana piyodalar unutib qo‘yildi: piyodalar yo‘laklarining yo‘qligi shaharliklar uchun noqulaylik tug‘dirib, xavfsizlikni xavf ostiga qo‘ymoqda.