Banner
Yangiliklar

1-martga qadar moped va skuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazish shart

04.02.2025 / 10:39

Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlariga murojaat qiling.

Blog image

Moped va skuter egalari 1-martga qadar davlat raqam belgisini olishlari talab etiladi. Aks holda, jarima qo‘llanilishi mumkin.  


Bu talab yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va transport vositalarini nazorat qilish maqsadida joriy etilgan.


Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta);
  • Moped yoki skuterga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat;
  • To‘lov kvitansiyalari (davlat boji va boshqa yig‘imlar).


Agar ro‘yxatdan o‘tkazilmasa:

1-martdan keyin davlat raqami bo‘lmagan moped va skuter haydovchilari jarimaga tortilishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlariga murojaat qilish lozim.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
Banner