BannerMobile banner
Yangiliklar

Yo‘llarga noqonuniy to‘siqlar o‘rnatganlik uchun jarima joriy etildi

18.03.2025 / 07:21

To‘siqlar oddiy fuqaro tomonidan o‘rnatilsa - 1,875 mln so‘m (5 BHM) miqdorida jarima solinadi.

Blog image

Oliy Majlis Senati noqonuniy yo‘l to‘siqlari o‘rnatilishiga qarshi yangi qonunni tasdiqladi. Unga ko‘ra, yo‘llarga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan har qanday to‘siq uchun jazo belgilandi.


Agar bunday to‘siqlar oddiy fuqaro tomonidan o‘rnatilgan bo‘lsa, unga 1,875 mln so‘m (5 BHM) miqdorida jarima solinadi. Agar bu ish mansabdor shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, jarima miqdori 7,5 mln so‘m (20 BHM) etib belgilandi.


Rasmiylarga ko‘ra, noqonuniy o‘rnatilgan to‘siqlar tez yordam, yong‘in o‘chirish va boshqa maxsus transport vositalarining harakatiga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Shu sababli ularning o‘rnatilishi qat’iy tartibga solinadi va faqat tegishli organlar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.


Bundan tashqari, qonun bilan jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklarga va piyodalar yo‘lakchalariga avtomobillar bilan chiqish bo‘yicha jarimalar oshirildi. Bu choralar shahar infratuzilmasining samaradorligini oshirish va piyodalarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner