O’zbekistonda Malibu-2 partiyasi 42 daqiqada sotildi
30.05.2025 / 05:36Avtomobil narxi 375 mln so'mdan boshlanadi.

29-may soat 14:40 da UzAuto Motors Chevrolet Malibu XL sedanlariga shartnomalar ochilishini e’lon qildi. Oradan bor-yo‘g‘i 42 daqiqa o‘tib, barcha avtomobillar xarid qilindi, deya xabar bermoqda Avtostrada.
Yuqori talabning sababi — Malibu XL modeli cheklangan miqdorda olib kelinadi. Onix, Tracker va Cobalt modellaridan farqli o‘laroq, Malibu XL O‘zbekistonda yig‘ilmaydi — u Xitoydan tayyor holatda import qilinadi.
Bugungi kunda O'zbekistonda faqat Damas, Labo, Cobalt, Onix va Tracker modellarining yig‘ilishi yo‘lga qo‘yilgan. Qolgan Chevrolet avtomobillari, jumladan Malibu ham, AQSh yoki Xitoydan tayyor ko‘rinishda olib kiriladi.