Yangi Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar 3-noyabr kuni onlayn tarzda tarqatiladi
29.10.2025 / 12:243 noyabr kuni barcha Chevrolet dilerlik markazlari yopiladi va "UzAuto Motors" savdo tizimidan uziladi.

UzAuto Motors 3-noyabr kuni yangi Chevrolet Cobalt 2025 uchun shartnomalar berilishini rasman boshlaydi. Xaridorlar endilikda mashinani onlayn tarzda — UzAuto Savdo veb-sayti yoki mobil ilovasi orqali rasmiylashtirishlari mumkin. Shu kuni barcha Chevrolet dilerlik markazlari yopiq bo‘ladi va “UzAuto Motors” savdo tizimidan vaqtincha uziladi. Shartnomalar berilishi soat 10:00 da boshlanadi.
Cobalt GX-Style Plus AT (LTZ) —147 916 000 so‘m
LTZ versiyasi yangilangan R15 dizayndagi quyma disklar, avtomatik uzatmalar qutisi va xrom elementlari — radiator panjarasi hamda orqa bamper qoplamasi bilan jihozlangan.
Qo‘shimcha:
Orqa oynalar va old shishaning tonirovkasi;
Dvigatel himoyasi (karter qopqog‘i);
Metan uchun moslashtirilgan GBO dvigatel.
Cobalt Midnight — 155 231 000 so‘m
Ushbu maxsus versiya qora disklar, qoraytirilgan faralar va qora oynalar qoplamasi bilan ajralib turadi. Texnik jihatdan Style Plus AT bilan bir xil.
Cobalt Style MCM —156 100 000 so‘m
Yangilangan Style versiyasi qulaylikni oshiruvchi funksiyalar bilan jihozlangan:
Yangi asboblar paneli;
O‘rindiq isitgichlar;
Kruiz-kontrol;
Multifunksional rul;
Android Auto va Apple CarPlay tizimlariga ega multimedia;
Faza o‘zgartirgichli dvigatel.
Cobalt Midnight MCM — 165 200 000 so‘m
Eng to‘liq komplektatsiya — qora salon, eko-teridan tayyorlangan o‘rindiqlar va keng imkoniyatli multimedia tizimi bilan:
Yangi qora interyer;
O‘rindiq isitgichlar;
Kruiz-kontrol;
Multifunksional rul;
Android Auto va Apple CarPlay tizimlari;
Faza o‘zgartirgichli dvigatel.
Sotuvlar 3-noyabrda boshlanadi. Yangi Chevrolet Cobalt 2025 to‘rtta komplektatsiyada taqdim etiladi. Xaridorlar avtomobil uchun shartnomani faqat onlayn tarzda rasmiylashtirishi mumkin — UzAuto Savdo orqali. Bu yangilik mashhur sedan modelini yanada ommabop qiladi, chunki endi avtomobilni dilerga bormasdan turib ham xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Yangi Cobalt — o‘zining yangilangan dizayni, zamonaviy funksiyalari va qulay onlayn xarid tizimi bilan bozorda eng kutilgan avtomobillardan biri bo‘lishi kutilmoqda.







