BannerMobile banner
Yangiliklar

BYD 2025 yilda 4,18 mln dona avtomobil sotdi

02.12.2025 / 09:42

Taxminan yarmi elektromobillarga to‘g‘ri keladi.

Blog image

BYD kompaniyasi noyabr oyida rekord natijaga erishib, 480 000 dan ortiq elektr va gibrid avtomobillarni sotganini e’lon qildi. Bu 2025 yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Yil yakuni bo‘yicha esa kompaniya jami 4,18 million avtomobil sotdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 11,3% ko‘p.


Elektr avtomobillar va gibridlar sotuvlari deyarli teng bo‘lgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida barcha avtomobillarning akkumulyator quvvati taxminan 27,669 GWh ga teng bo‘lgan, yil davomida esa (noyabr bilan birga) bu ko‘rsatkich 258,282 GWh ni tashkil qilgan.


Shuningdek, BYD xalqaro bozorlarida ham rekord o‘rnatdi — yildan to‘liq bo‘lmagan davrda 130 000 dan ortiq avtomobil sotildi, bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli to‘rt baravar ko‘p.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner