BannerMobile banner
Yangiliklar

BYD Yuan Up krossoverining gibrid versiyasini taqdim etishga tayyorlanmoqda

26.11.2025 / 06:37

Avtomobil Yevropa bozorida sotilishi rejalashtirilgan.

Blog image

BYD Yangi Yuan Up’ning rasmiy suratlarini ko’rsatdi. Avval bu model faqat elektromobil edi, endi esa maxsus Yevropa bozori uchun yaratilgan gibrid versiyasi ham paydo bo‘ldi.


Yuan UP DM-i faqat elektrda taxminan 90 km yura oladi, benzin baki bilan umumiy masofasi 1 000 km ga yetadi. Hozircha texnik tafsilotlar shular bilan cheklanadi.



Xitoy mutaxassislarining fikriga ko‘ra, avtomobilga 1.5 litrli, 100 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel asosidagi beshinchi avlod DM-i gibrid tizimi o‘rnatilgan. Elektr dvigatelning quvvati esa 218 ot kuchi atrofida bo‘lishi aytilmoqda. Gibrid versiyaning narxi hozircha ma’lum emas.


Yaqin orada ushbu versiya O’zbekistonda ham paydo bo’lishi kutilmoqda.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner