Gibrid avtomobillarni ekologik sertifikatlash tartibi yuzasidan senator so‘rovi yuborildi
05.05.2025 / 06:35Yuqori ekologik sertifikat talab etilishi jamoatchilikda kelishmovchililarni keltirib chiqarmoqda.

Gibrid avtomobillarni bojxonada rasmiylashtirishda “Euro-4” yoki undan yuqori ekologik sertifikat talab etilishi jamoatchilikda tortishuvlarga sabab bo‘ldi.
Senator Anvar Tuychiyev ushbu masala yuzasidan Ekologiya vaziriga so‘rov yuborib, ekologik sertifikatlash tartibi, laboratoriya imkoniyatlari, sertifikat berish jarayoni va to‘lov miqdorlari haqida tushuntirish so‘radi. Maqsad – jarayonni shaffof qilish va ortiqcha to‘siqlarni bartaraf etish.