BannerMobile banner
Yangiliklar

Brabus yangi ming ot kuchiga ega universalni taqdim etdi

28.10.2024 / 07:06

Brabus Rocket GTS ming ot kuchiga ega.

Blog image

Brabus Mercedes-AMG GT 63 S E Performance bazasida yaratilgan ming ot kuchiga ega Rocket GTS modelini taqdim etdi.


Ushbu universal sport kuchi va uslubni birlashtiradi, hashamatli asosga karbon materialidan yaratilgan noyob Shooting Brake kuzovini qo‘shib, avtomobilning kengligini — 1,98 mgacha yetkazadi. Brabus dizaynni kompyuter modellashuvi yordamida yangiladi va aerodinamik trubada sinovdan o‘tkazdi.



Rocket GTS kapoti ostida 985 ot kuchi ishlab chiqaradigan 4,4 litrli V8 gibrid dvigatel joylashgan. Avtomobil 100 ga bor-yo‘g‘i — 2,6 soniyada tezlashadi va maksimal tezlikda — 317 km/soatga yetadi.



Universal salonida qora charm va Slate Gray rangidagi kulrang elementlar va karbon qoplamalar bilan bezatilgan eksklyuziv pardoz mavjud bo‘lib, u hashamat va sport uslubini uyg‘unlashtiradi

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner