Aprelda metan zapravkalarida gaz narxi oshadi
12.02.2025 / 11:49Markaziy banklar foiz stavkalarini pasaytirishni kechiktirishi mumkin.

Aprel oyida avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGTKS) uchun tabiiy gazning ulgurji narxining oshishi mahsulotlarning tannarxini ko‘taradi. Bu haqda Markaziy bankning 2024-yilning to‘rtinchi choragiga oid pul-kredit siyosati bo‘yicha hisobotida aytilgan.
Regulyator “tashqi noaniqlik va xatarlar” orasida dunyodagi proteksionistik kayfiyatning o‘sishi va xalqaro savdodagi cheklovlarning ortishini alohida ta’kidlagan. Bu global ta’minot zanjirlarida muammolarga olib kelishi va jahon inflyatsiyasini kamaytirishga ta’sir qilishi mumkin, natijada inflyatsion bosim uzoqroq saqlanib qolishi ehtimoli ortadi. Shu sababli, markaziy banklar foiz stavkalarini pasaytirishni kechiktirishi mumkin.