2025-yilda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalardagi o‘zgarishlar
01.04.2025 / 02:23Jarimalar bo'yicha eng muhim 5 o‘zgarishlar.

2025-yilda O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun yangi qoidalar va oshirilgan jarimalar kuchga kirdi. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlar qator qoidabuzarliklar uchun jazoni yanada kuchaytirdi. Quyida biz asosiy o‘zgarishlarni ko‘rib chiqamiz, shuningdek, qoidabuzarliklar qanday qayd etilishi, jarimalarni qanday tekshirish va to‘lash yoki ularni qanday qilib shikoyat qilish mumkinligini tushuntirib beramiz.
Eng muhim 5 o‘zgarish
1. Shtraf ballari tizimi joriy etildi – bir yil ichida 12 ball to‘plagan haydovchilar kamida olti oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi.
2. Xavfli haydash uchun jazo kuchaytirildi – 9,4 mln so‘m jarima va haydovchilik huquqidan mahrum qilish joriy etildi.
3. Tezlikni oshirish uchun jarimalar sezilarli darajada oshirildi – tezlikni 60 km/soatdan ortiq oshirganlik uchun 5,6 mln so‘mgacha jarima.
4. Yo‘l bezoriligi tushunchasi paydo bo‘ldi – yangi qoidabuzarlik turi kiritilib, unga alohida jazo beriladi.
5. Haydovchilik guvohnomasisiz boshqarish uchun og‘irroq jazo belgilandi – 18,75 mln so‘m jarima yoki 15 sutkagacha ma'muriy qamoq.
Yangi jarima turlari:
- yo‘l bezoriligi uchun jarimalari — birinchi marta "yo‘l bezoriligi" tushunchasi kiritildi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- "shashka" uslubida haydash – tez-tez yo‘nalishni o‘zgartirish;
- umumiy foydalanishdagi yo‘llarda drift qilish;
- boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavf tug‘diruvchi xatti-harakatlar.
Jazo: 25 BHM (9,375 mln so‘m) va 1–2 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilish. Agar haydovchi guvohnomasiz haydagan bo‘lsa, jarima 50 BHM (18,75 mln so‘m) gacha oshiriladi yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Avtobuslarga ajratilgan yo‘lak bo‘ylab harakatlanish — endi jamoat transportiga ajratilgan yo‘lak bo‘ylab haydash uchun jarima oshirildi:
- birinchi marta qoidani buzganlik uchun 3 BHM (1,125 mln so‘m);
- bir yil ichida takroran qoidani buzganlik uchun 5 BHM (1,875 mln so‘m).
Haydovchilar uchun jarima ballari tizimi.
Fevral oyidan boshlab haydovchilar uchun jarima ballari tizimi ishga tushdi. Bu tizim shuni anglatadiki, har bir qoidabuzarlik uchun nafaqat pul jarimasi, balki maxsus jarima ballari ham hisoblanadi.
Tizim qanday ishlaydi?
- bir qoidabuzarlik uchun eng ko‘pi bilan 2 ball beriladi;
- ballar bir yil davomida amal qiladi;
- bir yil ichida 12 ball to‘plangan bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasi kamida 6 oyga olib qo‘yiladi;
- eng uzoq haydovchilik huquqidan mahrum qilish muddati – 3 yil.
Eng ko‘p uchraydigan jarima ballari beriladigan qoidabuzarliklar:
- tezlikni oshirish;
- qizil chiroqni bosib o‘tish;
- noto‘g‘ri quvib o‘tish;
- noto‘g‘ri joyda to‘xtash va turish.