Tonirovka qoidalarini buzganlik uchun jarima kamaytirilishi mumkin
30.03.2025 / 05:42Texnik reglamentga zid tonirovka uchun jarima ballari joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi avtomobil oynalarini ruxsatsiz qoraytirish uchun jarimani 25 baravar kamaytirib, 1 BHM (375 ming so‘m) etib belgilashni taklif qilmoqda. Tegishli qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Hozirda ruxsatsiz tonirovka uchun jarima 25 BHM (9,375 mln so‘m), takroriy buzilish uchun esa 40 BHM (15 mln so‘m) etib belgilangan.
Texnik reglamentga zid tonirovka uchun jarima ballari joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda: birinchi marta qoida buzishda 0,5 ball, qayta takrorlansa 1 ball beriladi.
Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, 126-moddaga qo‘shimcha band kiritilib, tonirovka ruxsatnomasidagi shartlarni buzganlik uchun jarima miqdori atigi 1 BHM (375 ming so‘m) etib belgilanishi mumkin.
Eslatamiz, 2022-yil 1-iyuldan boshlab orqa yon oynalarni tonirovka qilish bepulga aylangan, old oynalar uchun esa ruxsatnoma narxi jismoniy shaxslar uchun 45 BHMdan 8 BHMga tushirilgan.