BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekiston 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo‘l oldi

20.06.2025 / 12:00

ADM Global kompaniyalar guruhi Kia brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lib, JCH-2026 bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazishni boshladi.

Blog image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor FIFA Jahon chempionatiga (JCH-2026) yo‘llanma oldi. JCH-2026 FIFA xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, 2026-yilning yozida uchta davlat – AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.


Kia mobillik bo‘yicha FIFAning rasmiy hamkori bo‘lib, global tadbirlar va turnirlarda, shu jumladan JCH-2026da transport, avtonom haydash texnologiyalari va istiqboldagi mobillik xizmatlarini taqdim etadi.


ADM Global kompaniyalar guruhi Kia brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lib, JCH-2026 bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazishni boshladi.


O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


2025-yil 10-iyun – O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasida kichik guruhdagi so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tdi. O‘yin O‘zbekistonning yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va muxlislarga ulkan quvonch ulashdi. Shu bilan birga, milliy terma jamoaning kichik guruhdan chiqayotgani 5-iyun kuni O‘zbekiston va BAA jamoalari o ‘rtasidagi 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan dramatik o‘yinda ma’lum bo‘ldi.


Kia kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash va keytering bilan Kia dilerlari salonlarida muxlislar uchun bir qator tadbirlar o‘tkazdi. O‘zbekiston jamoasining JCH-2026 ga yo‘l olishi Kia brendini ommalashtirish uchun qo‘shimcha ajoyib imkoniyatlar ochadi. "Bugungi g‘alaba kompaniya hayotida yangi bosqichni boshlab berdi va 2026-yilgi turnirga tayyorgarlik ko‘rish istiqbollarini belgilab berdi", – dedi ADM Global kompaniyalar guruhining Kia brendi bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchi Georgiy Shoniya.


FIFAning Kia tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi yigirma yildan ortiq davom etmoqda. "Biz Kia bilan ko‘p yillik hamkorlikni davom ettirishdan mamnunmiz. Yillar davomida u FIFAni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini namoyish etib kelmoqda va biz uning turnirlarimizning umumiy tajribasini yaxshilashga bo‘lgan sadoqatini qadrlaymiz. Biz birgalikda futbol orqali dunyoni birlashtirish ustida ishlashda davom etamiz", – dedi FIFA prezidenti Janni Infantino 2023-yil may oyida hamkorlik shartnomasini imzolash marosimida.


Kia FIFA bilan hamkorlikni kengaytirib, futbol olamiga bo‘lgan uzoq yillik sadoqatini mustahkamlayotganidan faxrlanadi. Hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘yar ekanmiz, biz mobil yechimlarimiz salohiyatini global miqyosda namoyish etish imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqdamiz. FIFA bilan birgalikda butun dunyodagi muxlislarni futbol kuchi bilan ruhlantirish va birlashtirishga intilamiz.


FIFAning mobillik bo‘yicha rasmiy hamkori sifatida Kia FIFAning global tadbirlari va musobaqalarida uzluksiz va samarali transport operatsiyalarini ta’minlashda muhim rol o‘ynashda davom etadi. Avtomobil ishlab chiqaruvchilarning keng global distribyutorlik tarmoqlari tufayli kompaniya FIFAning barcha transport talablariga javob beradigan, jamoalar, rasmiylar va xodimlarning uzluksiz harakatlanishini ta’minlaydigan keng qamrovli transport vositalarini taqdim etadi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner