Nissan GT-R R35 ishlab chiqarilishi yakunlandi
26.08.2025 / 11:0218 yil davomida 48 ming dona avtomobil ishlab chiqarildi.

Nissan mashhur sportkari GT-R R35’ning ishlab chiqarilishini yakunladi. So‘nggi avtomobil Yaponiyaning Tochigi zavodida yig‘ildi. Aynan shu hudud – model sotuvda qolgan oxirgi bozor edi.
2007-yildan buyon 18 yil davomida atigi 48 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarildi. GT-R R35 3,8 litrli V6 dvigatel va ikki turbinali tizim bilan jihozlangan bo‘lib, versiyasiga qarab 480 ot kuchidan 600 ot kuchigacha quvvat bera olardi. Har bir dvigatel Yaponiyaning Yokohama zavodida ustalar tomonidan qo‘lda yig‘ilgan.
Bu avtomobil bir vaqtning o‘zida ham “grand turer” qulayligini, ham poyga trassalaridagi rekord ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassam etgan. Nürburgring (7:08 Nismo versiyasi), Tsukuba va Ginnes rekordlar kitobida 300 km/s dan yuqori tezlikda eng tez drift kabi yutuqlari bor. Shuningdek, Super GT, Bathurst 12 soatlik marafoni va Blancpain GT musobaqalarida ham g‘alaba qozongan.
GT-R R35 ishlab chiqarilishi to‘xtagan bo‘lsa-da, bu afsona hikoyasining oxiri emas. Nissan hozirda GT-r'ning yangi avlodi ustida ishlamoqda.