GAC Li L7’ning asosiy raqibini taqdim etdi
20.08.2025 / 11:30Gap benzinsiz 350 km masofani bosib o‘tadigan Haobo HL Extended-Range avtomobili haqida ketmoqda.
_395.jpg)
Xitoyda GAC brendi yangi avlod krossoveri Haobo HL Extended-Range’ni taqdim etdi. Bu avtomobilning asosiy afzalligi – 60 kVt·soatli katta akkumulyator. Shuning uchun mashina elektrda 350 km masofa bosib o‘tadi, umumiy yurish masofasi esa 1 369 km ga yetadi.
Model to‘rt xil komplektatsiyada chiqariladi: 5 o‘rinli va 6 o‘rinli variantlari bor. Narxlari $37 500 – $41 700 atrofida. Avtomobilning o‘lchamlari ham kattagina – 5 126 x 1 990 x 1 750 mm, bazasi 3 088 mm, shunga qaramay narxi Xitoy uchun ham maqbul hisoblanadi.
Haobo HL Extended-Range 800 voltli platformada ishlaydi: atigi 10 daqiqada mashina 210 km zaryad qabul qiladi. Gibrid tizimining quvvati 340 ot kuchi.
Bazaviy versiyada: “nol gravitatsiya” massajli o‘rindiqlar (18 nuqtali), ikkita 17,3 dyuymli ekran, Snapdragon 8295P chipli multimedia tizimi, 24 dinamikali 7.3.4 formatli audio, lidarli avtopilot, Nvidia Orin platformasi va ikki kamerali pnevmo-podveska mavjud.
Xitoy bozorida GAC Haobo HL Extended-Range bevosita Li Auto L7 va boshqa ilg‘or gibrid krossoverlarga raqobatchi sifatida ko‘rilmoqda.